English version     Русская версия Bosh sohifa    Savol va javob   
 Boshqarma tuzilmasiTuman xalq ta'limi bo'limi
  
 
Mundarija
  
  Bosh sahifa  
  
  Me'yoriy hujjatlar  
  
  Asosiy ko'rsatkichlar  
  
  Maktabgacha ta'lim muassasalari 
  
  Umumta'lim maktablari 
  
  Bolalar musiqa va san'at maktablari  
  
  Bolalar va o'smirlar sport maktablari  
  
  Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari  
  
  Masofaviy ta'lim 
  
  Объявления  
  
  Обратная связь  
  
  Электронная библиотека 
 
  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad  Bobur - tarix qa`ridagi ikki nur. 
 
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur - tarix qa`ridagi ikki nur.

O’zbek halqining ikkita buyuk shoiri Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijod yo’li bilan yosh avlodni chuqur tanishtirish, ular qalbida milliy qadriyatlarimiz, tarixiy va adabiy boyliklarimiz, buyuk ajdodlarimizga nisbatan mehr-muhabbat va hurmat tuyg`usini yanada yuksaltirish maqsadida ta’lim muassasalarida ma’naviyat darslari, turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shoir va ijodkorlar bilan yoshlarning ijodiy uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tarix qaridagi ikki nur” mavzusida ma’naviyat soati o’tkazildi.
Ma’naviyat soatida tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi uslubchilari, ota-onalar vakillari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok qildilar.
Ushbu ma’naviyat soatida o’quvchilar buyuk bobokalonlarimiz – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning she’riyat ixlosmandlarini lol qoldiradigan g`azallaridan, ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ruboiy va tuyuqlaridan namunalarini ifodali yod aytdilar.
O’quvchilar ikkita guruhga ajralib, birinchi guruh “Xamsa”, ikkinchi guruh “Boburnoma” deb nomlandi. Har bir guruh a’zolari guruh nomlari va guruh shiorlari haqida ma’lumot berdilar. Har bir ishtirokchi she’riy tarzda mehmonlarga o’zlarini tanishtirdilar.
“Xamsa” guruhi a’zolari she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy g`azallari asosida bahru-bayt aytishdilar. “Boburnoma” guruhi a’zolari Zahirridin Muhammad Bobur g`azallari asosida mushoira o’tkazdilar.
Har ikkala guruh a’zolari Navoiy va Bobur hayoti va ijodi yuzasidan o’zlari oldindan tayyorlab kelgan boshqotirmalarni o’zaro almashib, bajardilar. Bu orqali ular o’zlarining buyuk bobokalon shoirlarimizning hayoti va ijodi haqida keng ma’lumotga ega ekanliklarini namoyish etdilar.
Shuningdek, “Xamsa” guruhi a’zolari “Alisher va bulbul” hikoyasi asosida kichik sahna ko’rinishi namoyish etdilar. Ushbu sahna ko’rinishi orqali o’quvchilar Navoiy tahallusining kelib chiqishi xaqida mehmonlarga ma’olumot berdilar.
“Boburnoma” guruhi a’zolari shoh va shoir Boburning o’z ona yurtidan uzoqda Vatan sog`inchi bilan yashayotgan kunlaridan kichik lavha ijro etdilar. Bu lavhada uzoq Andijondan kelgan mehmon Boburga o’z yurtining qovunidan tortiq qiladi. Bundan ta’sirlangan Bobur yurt sog`inchi haqidagi o’z ijodlaridan o’qiydi.
O’quvchilarning chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.




Maqola sanasi: 06 Mart 2013 11:20


Yangiliklar bolimiga o'tish


Pochta

Hamkorlar
http://gov.uz
http://aci.uz
http://uzedu.uz
http://ziyonet.uz
http://bitiruvchi.uzedu.uz
Xarita

 
  Copyright © 2019 MUDRM Ishlab chiqish Multimedia.Uz